У нас есть только
оригинальные песни

2017 yilda narkabaron Gusman haqida ishlangan serial namoyish etiladi

calendar 18.05.2016
1221

“Pakana” laqabli meksikalik narkabaron Xoakin Gusman haqida suratga olingan serial 2017 yilda AQSh teleekranlarida namoyish etiladi. Bu haqda The Hollywood Reporter jurnali ma'lum qilgan.

Ko'pa qismli ushbu serial meksikalikning shov-shuvga boy hayoti haqida hikoya qiladi. Teleserial Amerikaning ikkita kompaniyasi – Univision hamda Netflix tomonidan suratga tushirilgan.

“Sinaloa” narkokarteli boshlig'i Xoakin Gusman 2015 yilning 12 iyul kuni Mexiko shtatidagi juda qattiq qo'riqlanadigan "Altiplano" qamoqxonasidan qochishga muvaffaq bo'lgan edi. U meksikalik maxsus qo'shinlar tomonidan joriy yilning 8 yanvar kuni qo'lga olingan.

Яндекс.Метрика