У нас есть только
оригинальные песни

2017-yilda provayder va operatorlar uchun internet narxi 3 barobarga tushirildi

calendar 13.01.2018
1262

Yaqin vaqtlarga qadar raqamli kelajak haqida qizg‘in suhbatlar kechardi. Bugun buning hech qanday ma’nisi yo‘q, chunki biz tom ma’nodagi raqamli davrda yashamoqdamiz.

Statistik tadqiqotlar natijalari internetning keng tarqalgani va undan kundalik foydalanish imkoniyati yaratilganini tasdiqlaydi. Provayderlar yanada ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishmoqda. Biroq shunday tendensiya bor – tariflar ro‘yxatidan past tezlikdagi arzon takliflar o‘chirilmoqda, mijozlarga yuqori tezlikdagi qimmatroq tariflar taklif etilyapti. Eskirgan tariflar avval arxivga tushmoqda, so‘ng yopilmoqda. Mutaxassislar MDH mamlakatlari telekommunikatsiya bozorini o‘rganib, shunday real qarorga kelishyapti.

«O‘zbektelekom» AK davlat sektori, operatorlar, internet provayderlar, shuningdek O‘zbekiston aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Shu sabab, mamlakatning hech bir fuqarosi ushbu kompaniya xizmatlaridan chetda qolmaydi.

O‘tgan yili «O‘zbektelekom» kompaniyasi aholining internet xizmatlariga oshib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida qo‘shni davlat operatorlari bilan mavjud chegara nuqtalari o‘tkazuvchanligini oshirish va yangilarini qurish bo‘yicha qator loyhalarni amalga oshirdi.

2017-yil boshidan internet tarmog‘ining tezligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tezlik 2 baravar oshdi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar berdi.

O‘zbekistonda o‘tgan yilning sentyabr oyida valyuta siyosatining liberallashtirilishi munosabati bilan «O‘zbektelekom» AKning xalqaro tranzit kanallarini ijaraga olish valyuta xarajatlari o‘rtacha ikki barobarga oshdi.

«O‘zbektelekom» kompaniyasi internet narxi keskin ko‘tarilib ketishining oldini olish maqsadida o‘tgan yili sentyabr oyida provayder va operatorlar uchun 1 Mbit/s tezlikdagi internet narxini 244 958 so‘m etib belgilagandi. Shu tarzda milliy aloqa operatori 2017-yilda nafaqat xizmatlar hajmini shakllantirdi, balki narxlarning keskin oshib ketishi oldini oldi.

Bugungi kunda provayderlar va operatorlar uchun 1 Mbit/s tezlikdagi internet narxi 2017 yil boshidan sezilarli darajada pasaytirilib, 91 dollardan 30 AQSh dollariga tushirildi. Barcha xarajatlar  «O‘zbektelekom» AK hisobidan yopildi.

2017-yilda kompaniya «Digital» (zamonaviy raqamli texnologiyalar) sari dadil qadamlar qo‘ydi, strategiyasini o‘zgartirdi, turli sohalardan ijrochilarni jamladi. Bugun milliy operator turli yangi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqyapti. Oldinda ulkan vazifalar turibdi, birinchi natijalar esa joriy  – 2018-yildayoq ko‘rina boshlaydi.

Яндекс.Метрика