2017 yilda Ukrainadan O'zbekistonga 9,4 mln dollar miqdorida pul o'tkazmasi yuborildi. Bu haqda Ukraina Milliy banki matbuot markazi xabar berdi.
O'zbekiston Ukrainadan pul o'tkazmalari yuborilgan davlatlar ro'yxatida beshinchi o'rinni egalladi. Bunda ilk to'rt pog'onadan Rossiya (516,1 mln dollar), Gruziya (25,9 mln dollar), Ozarboyjon (14,9 mln dollar) va Xitoy (13,8 mln dollar) joy oldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 2017 yilda Qozog'istondan O'zbekistonga qancha pul yuborilgani ma`lum bo'lgandi.