У нас есть только
оригинальные песни

2018-yilda Abu-Dabida Warner Bros. kinokompaniyasining ijodiy bog‘i ochiladi

calendar 23.04.2016
1154

Abu-Dabidagi Yas orolida 2018-yilda Warner Bros. kinokompaniyasining ijodiy bog‘i ochiladi. Bu haqda, konsernning Miral kompaniyasi bilan qo‘shma bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Warner Bros. World Abu Dhabi bog‘i o‘zida studiya filmlarining Betmen, Supermen, Bagz Banni, Skubi-Du, Tom va Jerri singari qahramonlari haqida syujetlarni o‘zida birlashtiradi. Mehmonlarga Gotem Siti va Metropolisda bo‘lish taklif etiladi.

Loyiha, shuningdek, Warner Bros. mehmonxonasining qurilishini nazarda tutadi.

Bog‘ning ochilishi Yas oroliga sayyohlar oqimini 2018-yilda 30 millionga ko‘tarish imkonini beradi; 2015-yilgi ko‘rsatkich — 25 million.

Bog‘ dunyodagi birinchi Ferrari World Abu Dhabi tematik bog‘i va Yas Waterworld akvaparki yonida joylashadi.

Яндекс.Метрика