У нас есть только
оригинальные песни

2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi

calendar 21.01.2018
2302

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yilda joriy “7 raqamli” telefon raqamlari tizimidan “9 raqamli” tizimga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Terabayt.uz” xabar berdi.

Ushbu o‘zgarishlar xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifi va RH 45-101:2013 rahbariy hujjati asosida amalga oshiriladi.

Hozirda shahar telefoni orqali Toshkent shahrida joylashgan abonentga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun misol tariqasida 245-45-45 raqamlari terilgan bo‘lsa, o‘zgarishlardan so‘ng 71-245-45-45 tarzida raqam terilib, qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.

Mobil telefoningiz orqali ham xuddi shu tartib amal qiladi. Abonent raqamini to‘liq terilgan holatda esa (+99871 245-45-45) odatiy tarzda qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика