2018 yildan boshlab kimlar xorijiy til test sinovidan ozod etiladi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 610-sonli qarori asosan 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo'lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha amalda bo'ladigan imtiyozlarni berish tartibi joriy etiladi. Bu haqda DTM Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi xabar bergan.

 

Ma`lum qilinishicha, o'rnatilgan tartibga ko'ra, uch yilgacha amalda bo'ladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat:

- chet tilini bilish darajasi to'g'risida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan umumiy o'rta ta`lim muassasalari bitiruvchilari o'rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalariga o'qishga kirishda saralash test sinovlari ro'yxatiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo'yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

- chet tilini bilish darajasi to'g'risida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan abituriyentlar oliy ta`lim muassasalari bakalavriat yo'nalishlariga o'qishga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo'yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

- chet tilini bilish darajasi to'g'risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan abituriyentlar oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo'yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;

- chet tilini bilish darajasi to'g'risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan umumiy o'rta, o'rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholanadi va test sinovidan ozod etiladi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda chet tilini egallash va bilish darajasini baholash uchun joylarda talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda guruhlarni tashkillashtirish, viloyatlarda test sinovlarini tashkil qilish, topshiriq shakllari va test sinovlarini o'tkazish bilan bog'liq boshqa tashkiliy masalalarga doir muhokama jarayoni ketmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 20.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi