У нас есть только
оригинальные песни

2018 yilgi davlat byudjyeti raqamlarda aks etganda

calendar 01.01.2018
1059

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli «O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to'g'risida»gi qarorni imzoladi.

Yangi yilda O'zbekiston yalpi ichki mahsulotining o'sishi 5,9 foiz darajasida rejalashtirilmoqda (tugab borayotgan yilda bu ko'rsatkich — 5,5 foizni tashkil etgan), inflyatsiya esa 12,4–13,4 foiz darajada bo'lishi kutilmoqda. O'sish hajmi sanoat ishlab chiqarishda — 6,4 foiz, qishloq xo'jaligidagi ishlab chiqarishda — 4 foiz, kapital sarmoyalarda — 6,5 foiz, chakana savdo aylanmasida — 5,6 foiz miqdorda bo'lishi prognoz qilinmoqda.

Davlat byudjyetining profitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,02 foiz bo'lishi kutilmoqda. Holbuki, 2017 yil va undan avvalgi yillarda davlat byudjyeti 1 foizlik defitsit bilan tasdiqlanar edi.

2018 yilda O'zbekiston davlat byudjyetining asosiy parametrlari

DAROMADLAR, mlrd. so'm (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) —  62.229,5

Bevosita soliqlar — 12.805,4

  • Yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar — 2.510,9
  • Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun YaSTdan ajratmalar — 1.907,6
  • Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YaSTdan ajratmalar — 2.110,5
  • Jismoniy shaxslarning daromad soliqlari — 5.198,8
  • Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha belgilab qo'yilgan soliq — 1.077,6

Bilvosita soliqlar — 33.404,3

  • Qo'shilgan qiymat solig'i — 22.019,4
  • Aktsiz solig'i — 8.343,8
  • Bojxona boji — 1.415,3
  • Benzin, dizel yoqilg'isi va gaz iste`moli uchun soliq — 1 323,2
  • Abonentlik raqamini ishlatganlik uchun to'lov — 302,5

Resursga doir to'lovlar va mulk solig'i — 9.714,5

  • Mol-mulk solig'i — 2.158,9
  • Yer solig'i — 1.266,6
  • Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq — 6.203,1
  • Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 85,9

Qo'shimcha foydadan soliq — 1.367,7

Boshqa daromadlar va soliqqa oid bo'lmagan boshqa tushumlar — 4.937,6

Davlat maqsadli fondlari (Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi respublika yo'l fondi, Moliya vazirligi qoshidagi byudjyetdan tashqari ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg'armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi, Bandlikka ko'maklashish davlat fondi, davlat mulklarini xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar fondi) — 31.451,9

O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi daromadlari — 5.463,5

XARAJATLAR, mlrd so'm (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) — 62 170

Ijtimoiy xarajatlar — 35.034

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga xarajatlar — 34.664

  • ta`lim — 19.504,3
  • shundan ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan ajratiladigan mablag'lar — 1.077,2
  • Qishloq xo'jaligi yo'nalishi bo'yicha oliy o'quv yurtlarini qo'llab-quvvatlash fondiga — 110,6
  • sog'liqni saqlash — 9.562
  • shundan ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan ajratiladigan mablag'lar — 803,6
  • madaniyat va sport — 1.165,4
  • fan — 389,3
  • shundan ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan ajratiladigan mablag'lar — 26,5
  • ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va konpensatsiya uchun pul to'lovlari — 3.150,8
  • jamoat ishlarini tashkil qilish — 714

Turar joy binolarini qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun ishtirokchi banklariga kredit liniyasi — 370

Nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun xarajatlar — 15

Iqtisodiyotga xarajatlar — 6.957,8

  • ulardan suv xo'jaligining ekspluatatsion xarajatlari — 2.741,8
  • sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga yo'naltiriladigan mablag'lar — 528,3
  • davlat ehtiyojlari uchun kam hosilli yerlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan fermer xo'jaliklarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag'lar — 330
  • aholi punktlarini obodonlashtirish bo'yicha ishlar — 1.116,4
  • tabiatni muhofaza qilish ishlari — 307,1
  • uyjoy-kommunal ishlar — 230,3
  • ichimlik suv ta`minoti tizimini rivojlantirish — 584,7

Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (Moliyalashtirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi orqali amalga oshiriladigan davlat rivojlantirish dasturiga qo'shilgan loyihalar) — 3.047,6

Davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, adliya va prokuraturani ta`minlash — 2.189,8

Sud organlarini ta`minlash — 219,7

Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqaruv organlarini ta`minlash — 640,5

Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi, Qoraqalpog'iston respublika byudjyeti, viloyatlar byudjyetlari va Toshkent shahri byudjyeti, tuman va shaharlar byudjyetlari zaxira fondlari — 520,2

Boshqa xarajatlar — 13.545,4

Davlat byudjyeti profitsiti — 59,5

Davlat maqsadli fondlari xarajatlari — 31.451,9

O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi xarajatlari — 8.979

Яндекс.Метрика