2018 yilgi davlat byudjyeti tasdiqlandi

O'zbekiston Oliy Majlisi Senatining XIII yalpi majlis yig'ilishida O'zbekistonning 2018 yilgi davlat byudjyeti tasdiqlandi. Unda yalpi ichki mahsulotning 0,02 foizi yoki 59 mlrd so'm miqdoridagi profitsit bilan chiqish belgilangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi. 

Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorovning ta`kidlashicha, 2018 yilda O'zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 290,6 trln so'm, YaIM deflyatori - 14,1 foiz, iste`mol narxlari indeksi - 12-13 foiz atrofida bo'lishi prognoz qilinmoqda. Byudjyetning daromad qismi YaIMning 21,4 foizi yoki 62,229 trln so'm, xarajatlar qismi esa YaIMning 21,4 foizi yoki 62,17 trln so'm darajasida bo'lishini ta`minlash rejalashtirilmoqda. Davlat byudjyetining asosiy xarajatlari yo'nalishlari uning ijtimoiy yo'naltirilganligini saqlashga qaratilgan. 2018 yilda ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln so'mni tashkil etadi.

"Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trln so'mdan ortiq mablag' yo'naltiriladi. Jumladan, maktabgacha ta`lim muassasalarini jihozlashga 815 mlrd so'm yoki 2017 yildagidan 3 barobar ko'p mablag' sarflanadi. 48 ta oliy ta`lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 559,1 mlrd so'm yoki 1,5 barobar ko'proq ajratiladi. 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash, shuningdek tibbiyot muassasalarini jihozlashga 803,6 mlrd so'm yo'naltiriladi. Uy joy-kommunal sohasiga oid ishlarni amalga oshirishga 230,3 mlrd so'm sarflanadi. Transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 mlrd so'm, hududlardagi ijtimoiy infratuzilma ob`yektlarini rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga 568,6 mlrd so'm ajratiladi", deydi u. 

2018 yilda YaIM o'sish hajmi 2017 yil bilan solishtirilganda 5,9 foizga o'sishi ko'zda tutilgan. Jumladan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 6,4 foiz, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 4 foiz, kapital qo'yilmalar hajmining 6,5 foizga o'sishi kutilmoqda.

O'zbekistonning 2017 yilgi davlat byudjyeti YaIMning 1 foizi yoki 2,4 trln so'm miqdoridagi defitsit bilan tasdiqlandi. YaIM o'sish hajmi 5,5 foiz darajasida bo'lishi kutilmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 21.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi