У нас есть только
оригинальные песни

2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi

calendar 09.09.2018
3443

2019 yili O'zbekiston tarixida ilk marta ko'kpari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi. Bu haqda Qirg'iziston ko'pkari federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov ma`lumot bergan.

Ma`lum qilinishicha, 8 sentabr kuni Issiqko'lda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston ko'pkari federatsiyasi vakillari bilan shu masalada muzokaralar o'tkazilgan.

«Hozircha jahon chempionati qachon va O'zbekistonning aynan qaysi hududida o'tkazilishi aniq emas, ammo qaror qabul qilib bo'lingan. Turnir toyqozon qoidalari bo'yicha o'tkaziladi», deya qayd etgan Samatov.

Ma`lumot uchun, O'zbekiston ko'pkari jamoasi Qirg'izistonning Cho'lpon-Ota shahrida o'tkazilgan Butunjahon ko'chmanchi xalqlar o'yinlarida ishtirok etdi va Boshqirdiston, Fransiya va Qozog'iston termalarini mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Ammo finalda mezbon Qirg'iziston jamoasiga mag'lub bo'lindi.

Яндекс.Метрика