У нас есть только
оригинальные песни

2020 yil Yer yuzida muzlik davri boshlanadi...

calendar 21.12.2017
1629

Olimlar 2030-2040 yillar oralig'ida Quyosh magnit faolligi pasayadi, degan taxmini y fikrni olg'a suryapti. 
Nortumbriysk universiteti mutaxassislari 2022 yilda boshlanadigan navbatdagi Quyosh tsikli keskin o'zgarib, Yerda xuddi Yevropa va Shimoliy Amerika qahraton qishdan juda katta aziyat chekkan 1645 va 1715 yillardagiga o'xshagan davr boshlanishini ta'kidlashyapti. U “kichik muzlik davri” deb atalishiga sabab bo'lgan Quyosh faolligi pasayishi bilan tavsiflanadi. 
Nortumbriysk universiteti tadqiqotchilari: “biz o'z tadqiqotlarimizga ishonamiz. Ma'lumotlarimiz ishonchli va aniq matematik hisoblarga tayangan. Bunga o'xshash ma'lumotlarni istalgan Quyosh observatoriyasidan olish mumkin”, - deydi. Quyosh tizimi yana besh milliard yil davomida mavjud bo'lishiga qaramasdan va bizning Sayyoramiz butunlay so'nmaydi, ammo bu Yer yuzida yangi “muzlik davri” boshlanishini yo'qqa chiqara olmaydi, deya xabar qiladi NASA “Daily Star” havolasida. 
Kosmik agentlik Quyoshning yangi fotosuratini taqdim etdi. Oxirgi yilda to'rtinchi marotaba yulduz sathi o'ta “sokin” ko'rinyapti. Tadqiqotchilar Quyosh faolligi pasayishi Yerga sovuq havo ovqimini olib kelishiga qattiq ishonishadi. 
NASAning tashvishlanishi eng avvalo yulduzlarning faolligi tezkor sur'atda pasayayotganligi bilan bog'liq, 2019 yilda insoniyat kichik muzlik davri yaqinlashganin his etadi, deya ta'kidlaydi kosmik agentlik mutaxassislari, Britaniya universitetidagi hamkasblarining matematik hisob-kitoblarini tasdiqlagan holda
 

Яндекс.Метрика