У нас есть только
оригинальные песни

2020-yilda o‘tkaziladigan Olimpiada Yaponiyaga 250 milliard dollar keltirishi taxmin qilinmoqda

calendar 28.12.2015
853

2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari yaqin besh yil mobaynida mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha 30 trillion iyen (249 milliard dollar) keltiradi. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

             

Yaponiya banki ma’lumotlariga ko‘ra, infrastruktura qurilishiga investitsiyalar va sayyohlar oqimi 2014—2020-yillarda Yaponiya yalpi ichki mahsulotiga 0,2—0,3 foiz qo‘shimcha beradi, 2017—2018-yillarda esa bu ko‘rsatkich 0, 6 foizni tashkil etishi mumkin.

NHK korporatsiyasi taxminicha, Olimpiya o‘yinlari Yaponiyaga dastlabki hisob-kitoblardan 6 barobar ko‘p — salkam 15 milliard dollarga tushadi. Taqqoslash uchun, 2016-yilda o‘tadigan Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarga 3,5 milliard dollardan oshiqroq mablag‘ sarflanmoqda. Londonda 2012-yili o‘tkazilgan Olimpiadaga esa 13 milliard dollar xarajat etilgan.

Oldinroq Yaponiya uch bor Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan: 1964-yilda Tokio yozgi, 1972-yilda Sapporo, 1998-yilda esa Nagano qishki Olimpiadaga mezbon bo‘lgan.

Яндекс.Метрика