У нас есть только
оригинальные песни

2020 yilga kelib Xitoy aholisining soni deyarli 1,5 milliard kishiga yetadi

calendar 06.02.2017
1268

2020 yilga kelib Xitoy aholisi soni 1 milliard 420 million kishini tashkil etadi. Sinxua agentligining xabar berishicha, yillik o'sish yiliga taxminan 6 foizga teng.

"Mamlakatda 13-besh yillik rejani bajarish uchun “bir oila-ikki farzand” siyosatini amalga oshirish lozim. Bunday muhim vaqt oralig'ida oilani rejalashtirish bo'yicha ishlarni rag'batlantirish kerak", - deyiladi 13-besh yillikka (2016-2020 yillar) mo'ljallangan tug'ilish bo'yicha rejada.

2016-yil oxiriga kelib Xitoy aholisi soni 1 milliard 382 million 271 ming kishini tashkil etdi. Bu 2015 yilga qaraganda 8 million kishiga ko'proq degani. Shu bilan bir qatorda, mamlakatning mehnatga layoqatli fuqarolari miqdori 907,47 million kishini tashkil qildi – umumiy aholining 65 foizi. Xitoyda so'nggi yillarda aholining tez qarishi yuz bermoqda. Oxirgi ma`lumotlarga ko'ra, Xitoyda ayni damda 60 yoshdan katta 230 million kishi istiqomat qiladi – aholi umumiy miqdorining 16,7 foizi.

Aholining tez qarish muammosi hukumatni 2013-yilda “bir oila-bir farzand” siyosatini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. Yangi qoidalarga ko'ra, endilikda er yoki xotin ota-onasida yagona farzand bo'lgan taqdirda, o'z oilasida ikkinchi farzandga ega bo'lishiga ruxsat beriladi. 

Xitoyda shuningdek gender muvozanati bo'yicha muammolar ham saqlanib turibdi. So'nggi ma`lumotlarga ko'ra, 2016-yil oxirida erkaklar soni 708,15 million, ayollar soni esa – 674,56 millionni tashkil etgan.

Яндекс.Метрика