У нас есть только
оригинальные песни

2022 yildan davlat tashkilotlari markazlashgan issiq suv ta`minotidan uziladi - Prezident qarori

calendar 09.11.2017
1117

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

O'zA e`lon qilgan qaror matniga ko'ra, u elektr va gaz ta`minoti tizimini yanada takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta`minlash, shuningdek, mazkur sohada ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilinmoqda.

2018 yil 1 yanvardan ilovaga muvofiq ro'yxat bo'yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko'rsatuvchi iste`molchilar elektr energiyasi (750 kVAgacha bo'lgan quvvatga ulangan) va tabiiy gaz uchun to'lovlarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan o'rnatiladigan o'sib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oshiradilar;

750 kVA va undan yuqori bo'lgan quvvatga ulangan (byudjyet tashkilotlari, fermer xo'jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, Davlat byudjyetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) iste`molchilar elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni ikkinchi guruh tariflar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun tarif miqdorida belgilanadigan sutka vaqtlarining tabaqalashtirilgan tarifi bo'yicha amalga oshiradi.

Bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida (tig'iz payt – belgilangan tartibda o'rnatilgan ertalabki va kechki “eng katta miqdor”) foydalanilgan elektr energiyasi uchun to'lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o'suvchi koeffitsiyentni qo'llash orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa (tungi payt – sutkaning qorong'i vaqti) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentni qo'llash orqali va yarim tig'iz paytda (sutkaning yorug' vaqti) o'rnatilgan tarif bo'yicha amalga oshiriladi;

Davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko'p kvartirali uy-joy fondiniloyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta`minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o'rnatish ko'zda tutiladi;

2022 yil 1 yanvardan davlat organlari va tashkilotlari o'z balansida bo'lgan bino va inshootlarda issiq suv ta`minoti uchun faqat sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalari, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ichki yoritish energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shart, shuningdek, ular markazlashtirilgan issiq suv ta`minotidan uzib qo'yiladi.

Яндекс.Метрика