У нас есть только
оригинальные песни

2026 yilgi qishki olimpiada Shimoliy Amerika yoki Yevropada o'tishi mumkin

calendar 25.02.2018
802

2026 yilgi Qishki olimpiada Shimoliy Amerika yoki Yevropada o'tkazilishi mumkin. Bu haqda jurnalistlar bilan bo'lgan suhbat vaqtida Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax ma`lum qildi.

2022 yilgi Qishki olimpiadaga Pekin mezbonlik qiladi.

«2026 yilda biz qishki o'yinlarni o'tkazishda an`anaviy joyga qaytishimiz mumkin. Qishki o'yinlarni Shimoliy Amerika yoki Yevropada o'tkazish vaqti keladi. Asosiy da`vogarlardan biri Norvegiya», degan Bax.

Oxirgi marta qishki o'yinlarga Norvegiya 1994 yilda mezbonlik qilgandi. O'shanda olimpiada Lillexammereda o'tgandi.

2026 yilgi qishki olimpiada mezboni 2019 yil iyulida Milan shahrida o'tkaziladigan XOQ yig'ilishi vaqtida aniqlanadi. Olimpiadaga mezbonlik uchun arizalarni 2018 yil 31 martiga qadar topshirish mumkin. Ayni vaqtda qishki olimpiada mezbonligiga da`vogarlar sifatida Kalgari (Kanada), Olmaota (Qozog'iston), Sapporo (Yaponiya) va Erziruv (Turkiya) nomlari tilga olinadi.

Bundan avvalroq Avstriyaning Tirol yeri (markazi Insbruk) aholisi o'rtasida o'tkazilgan referendumda ham olimpiada mezbonligi uchun ariza topshirish qarori qabul qilingandi. Shuningdek, Shveytsariyaning Son shahri aholisi ham shaharda olimiada o'tkazilishini istaydi. AQSh Olimpiya qo'mitasi 2026 yilgi olimpiada mezbonligi uchun zayavka bermasligini ma`lum qilgan.

Яндекс.Метрика