У нас есть только
оригинальные песни

2050 yil stsenariysi: odamsiz qoladigan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika

calendar 07.05.2016
1652

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning bir qismi 2050 yilga kelib, insonsiz qolishi mumkin. Iqlimning o'zgarishi bu erdan odamlarning ommaviy ravishda ko'chishiga olib kelmoqda. Bu haqda germaniyalik hamda kiprlik olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasida ma'lum qilingan.

2016 yilning aprel oyi so'nggida 175 mamlakat havoga zararli gazlar chiqarishni kamaytirish borasidagi shartnomani imzoladi. Olimlarning fikricha, bu chora-tadbirlar havo haroratining yanada qizib ketmasligiga sababchi bo'ladi.

Ammo tadqiqotchilarning ko'rsatib berishicha, bu xatti-harakatlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi tabiiy fojialarning oldini ololmaydi. 2050 yilga kelib bu erdagi yozning tunlari 46 daraja issiqqacha, o'rtacha kunlarning tuni esa 30 daraja issiqqacha chiqishi mumkin.

Mintaqada favqulodda isish holati bugungi kunga qaraganda besh baravar yuqori darajani ko'rsatadi. Yuz yillik so'ngiga borib, havo harorati 50 darajaga chiqishi va bu issiqlik bir yilda 118 kundan 200 kungacha davom etishi mumkin.

Hayotning og'irlashuvi havoning ifloslanishidan ham yomonlashadi. Chunki shamol cho'ldan qum zarralarini olib keladi. Olimlar bu xulosalariga 1986-2005 yillardagi kuzatuvlari natijasi o'laroq kelishgan. Ular kelajakda ikkita stsenariy ko'rishmoqda: RCP4.5 (2040 yilga kelib havo tarkibida bug' gazi miqdori kamayadi) va RCP8.5 (havo tarkibidagi bug' gazi miqdori oshadi).

Agar birinchi stsenariy sodir bo'ladigan bo'lsa, yuz yillik so'ngiga kelib, er yuzining ustki qatlamidagi har kvadrat metri 4,5 vatt miqdorida quyosh tig'i ostida qoladi. Bu bugungi kundagi havo haroratidan ikki darajaga issiq bo'ladi, deganidir. Agar ikkinchi stsenariy sodir bo'ladigan bo'lsa, havo haroratining darajasi 2100 yilga kelib, bugungi kundagiga qaraganda 4 darajaga issiq bo'ladi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada ayni damda 500 million odam yashaydi. Bu erdagi issiq harorat darajasi 1970 yilga taqqoslaganda ikki karraga oshganligini ko'rsatmoqda. XX asr boshlariga kelib, Saudiya Arabistoni, Iroq va Suriya atmosferasi 70 foizga changlangan. Buni mintaqadagi changli shamollar va qurg'oqchiliklar bilan bog'lashmoqda.
 

Яндекс.Метрика