У нас есть только
оригинальные песни

2050 yilda qochqinlar soni 320 million nafarga etadi

calendar 10.05.2016
1214

Hozirgi ko'rsatkichlar asosida baholanganda, XXI asr o'rtalariga kelib dunyodagi qochqinlar soni 321 million nafarga etadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Munning 2016 yil 19 sentyabr – Bosh Assambleyaning 71-sessiyasi ochilish marosimidan bir kun avval Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan qochqinlar muammosiga bag'ishlangan forum uchun tayyorlangan bayonotida ma'lum qilindi. Tahliliy hisobot 9 may kuni taqdim etildi, deb xabar beradi TASS.  

BMT saytida chop etilgan hujjatga ko'ra, 2015 yilda xalqaro qochqinlar soni 244 million nafarga etdi. Bu ko'rsatkich 2000 yilga nisbatan 71 million nafarga yoxud 41 foizga ko'p. Jahon aholisi o'rtasida ularning ulushi 15 yil ichida 2,8 foizdan 3,3 foizga oshdi.

“Prognozlarga ko'ra, jahon aholisi soni o'sishda davom etadi va 2050 yilga kelib 9,7 milliard kishini tashkil etadi. Agar jahon aholisi tarkibida xalqaro qochqinlar ulushi shu ko'rsatkichni saqlab qolsa, 2050 yilga borib dunyo bo'yicha qochqinlar soni 321 million kishiga etadi”, - deya yozgan Pan Gi Mun. 

Uning fikriga ko'ra, yaqin o'n yilliklarda “zo'ravonlik nizolari, qashshoqlik, tengsizlik, iqlim o'zgarishi, tabiat ofatlari va atrof-muhit holatining o'zgarishi natijasida” odamlarning ommaviy ko'chish miqyosi saqlanadi yoki oshib boradi.

“Juda katta mehnat va harakatlarga qaramasdan, ko'p hollarda javob harakatlari ehtiyojlarni qondirmaydi”, deya bildirgan bosh kotib.  

U sentyabr sammiti davlatlarning o'z zimmasidagi majburiyatlarini bajarish uchun shunchaki rag'batlantiruvchi omil emas, balki “ana shu majburiyatlarga tayangan holda muammolarning tub sabablarini bartaraf etish bilan shug'ullanish va yirik miqdordagi qochqinlar muammosiga jamoaviy urinishlarimiz samardorligini oshirishga xizmat qilishi”ga umid bildirdi.

Яндекс.Метрика