У нас есть только
оригинальные песни

2050-yilgacha Yerga 11 ta asteroid yaqin kelishi mumkin

calendar 28.12.2015
1340

2050-yilgacha Yerga taxminan 11 ta asteroid yaqin kelishi mumkin, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

     

Ushbu asteroidlar Yerga Oy orbitasi o‘rtacha radiusidan kichik masofagacha (385 ming km) yaqin keladi. Bu obyektlar hajmi yetti metrdan 945 metrgacha bo‘lishi mumkin.

Bunday kategoriyadagi obyektlar bilan yaqinlashuvlarning birinchisi 2017-yil 12-oktabrda sodir bo‘ladi, 2012TC4 asteroidi Yerdan 115 ming km masofada soniyasiga 6,8 km tezlikda uchib o‘tadi. Ushbu asteroidning diametri 17 metrga teng.

Eng xavfli asteroid diametri 393 metrli Apofesdir, u 2029-yil 13-aprelda Yerga 38,4 ming km masofagacha yaqin keladi.

Яндекс.Метрика