У нас есть только
оригинальные песни

20 yanvar kungi ob-havo ma'lumoti

calendar 19.01.2016
2304

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 yanvar kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko'chish xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Яндекс.Метрика