У нас есть только
оригинальные песни

20 yil xorijda ishlagan mutaxassis O‘zbekistonga qaytib, vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat boshladi

calendar 07.05.2018
1000

Otabek Nazirov Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari sifatida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U monetar siyosat, bank tizimi, budjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta’minoti, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, demografiya va aholi bandligini tadqiq etish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Otabek Nazirov bunga qadar Londonda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida sanoat sektoriga investitsiyalarni kiritish bo‘limining bosh hududiy bankiri lavozimida ishlab kelayotgandi. Sanoat, ko‘chmas mulk, farmatsevtika sanoati, kimyo, qurilish materiallari va xalq iste’moli mollari kabi iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha 50 dan ziyod loyihalarni ishlab chiqqan va moliyalashtirgan.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Belarus, Tojikiston va Turkmaniston bo‘yicha loyihalarni boshqargan va muvofiqlashtirgan.

Ma’lumot uchun, Otabek Nazirov 1975-yili Toshkentda tug‘ilgan. AQShning Stoun-Bruk universitetida makroiqtisodiyotchi mutaxassisligini egallagan. AQShning Goldman Sachs, The Avacent Group, JP Morgan Chase, Rossiyaning “Troyka Dialog” va “MDM-bank” kabi moliyaviy muassasalarida faoliyat yuritgan.

Яндекс.Метрика