У нас есть только
оригинальные песни

20 yoshli talaba birinchi okeanlarni tozalash tizimini o‘ylab topdi, u 2016-yilda ishga tushiriladi

calendar 02.01.2016
2223

20 yoshli aerokosmik universitet talabasi Boyan Slet o‘z jamoasi bilan butun Dunyo okeanini 10 yil ichida axlatdan tozalaydigan texnologiyani ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “AdMe.ru”.

Jamoa 2016-yildayoq Yaponiya va Janubiy Koreya oralig‘idagi Susima oroli qirg‘oqlaridan suvga 2000 metrli agregatni tushirishni rejalashtirmoqda. U dunyodagi eng ifloslangan joylardan biridir.

Ushbu qurilmaning afzalligi shundan iboratki, u o‘z passiv ishini ta’minlashda dengiz oqimlaridan foydalanadi. Shishirilgan agregatlar dengizda yashovchi jonivorlarga umuman xalal bermasdan suv yuzasidagi chiqindilarni tutib qoladi. Agar bunday ishni qayiqlarda to‘r yordamida amalga oshirsa, 70 ming yil  sarflanishi mumkin.

Besh yil davomida sinalgach, 100 kilometrli tizim to‘liq ishga tushiriladi, u Tinch okeanidagi chiqindilar orolining yarmini yo‘q qilishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика