У нас есть только
оригинальные песни

21 dekabr kuni “E'tirof-2015” bo'lib o'tadi

calendar 04.12.2015
3232

2015 yilning 21 dekabr kuni poytaxtimizda “E'tirof” milliy mukofotining taqdirlash marosimi bo'lib o'tishi mumkin. Bu haqda Kun saytiga “O'zbeknavo” estrada birlashmasi vakili ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, ayni paytda Madaniyat va sport ishlari vazirligi qoshida maxsus ishchi guruhi tuzilgan.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligi vakili bilan bog'langanimizda, hozircha bu haqda aniq ma'lumot bera olmasligi, ayni paytda Vazirlar Mahkamasi bayonnomasini kutishayotganini ma'lum qildi. Faqatgina, O'zbekiston hukumatiga taqdim etilgan hujjatda tanlov nominatsiyalariga o'zgartishlar kiritilmaganini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, 2014 yilning 26 dekabr kuni “Istiqlol” san'at saroyida “E'tirof-2014” mukofotining taqdirlash marosimi bo'lib o'tgan edi. Unda madaniyat, san'at, sport, televidenie, radio kabi sohalar bo'yicha 24 nominatsiya g'oliblari nomi e'lon qilinib, mukofotlar o'z egalariga topshirildi. Jumladan, “Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” (Lola Eltoeva), “Yilning eng yaxshi filmi” (“Geolog”), “Yilning eng yaxshi kino akteri” (Mirza Azizov), “Yilning eng yaxshi kino aktrisasi” (Asal Shodieva), “Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” (Munisa Rizaeva), “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” (U.Rahmatullaev) kabi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlangan edi.

Shuningdek, eng yaxshilar orasida hunarmand, rassom, sportchi va murabbiylar, radio, televidenie, san'atning boshqa yo'nalishlarida faoliyat yuritayotganlar ham e'tirof etildi.

Яндекс.Метрика