21 may kuni jahondagi eng yirik neftgaz loyihasining ochilish marosimi bo'lib o'tadi

2016 yil 21 may kuni O'zbekistonning jahon neftgaz sanoatidagi eng yirik loyihalaridan biri  — Ustyurt gazkimyo majmuasi foydalanishga topshiriladi. Bu haqda, Sputnik agentligiga "O'zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi vakili ma'lum qilgan.

Kimyo majmuasining rasmiy ochilish marosimida Koreya Respublikasi bosh vaziri Xvan Ge An va O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev qatnashishi kutilmoqda. 

"Surg'il gaz koni negizidagi Ustyurt gazkimyo majmuasi Janubiy Koreyaning Kogas, Lotte Shemical va STX Energy kompaniyalari konsortsiumi ishtirokida barpo etildi. U loyiha quvvatiga chiqqach, yiliga 4,5 mlrd kub metr gazni qayta ishlash imkonini beradi. Buning natijasida 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqariladi". 

Loyihaning umumiy qiymati 3,89 milliard AQSh dollaridan ortib ketgan. Shundan 1,4 mlrd Janubiy Koreya kompaniyalari va "O'zbekneftgaz" hissasiga to'g'ri keladi. 2,5 milliard dollardan ortiq mablag' esa, etakchi xalqaro banklardan jalb etilgan kreditlardir. 

Inshoot qurilishi o'tgan yilning to'rtinchi choragida yakunlangan edi. Shundan so'ng, ishga tushirishga tayyorgarlik ko'rish ishlari amalga oshirildi, majmua sinab ko'rildi. Ilk mahsulotlarni eksport qilish ham tashkil etildi. 

Ustyurt gazkimyo majmuasining o'ziga xosligi shundan iboratki, bu erda foydalanilgan texnologiya tabiiy gazdan 97 foizgacha etan, propan va boshqa qimmat mahsulotlarni olish imkonini beradi. Taqqoslash uchun, bugungi kunda MDHdagi shu kabi majmualarning o'rtacha foydali ish koeffitsienti 80 foizdan oshmaydi. 

Majmuada 4 xil polietilen granulalari: J-2200 (injektsion polietilen), MF-5000 (mononit), BL-6200 (shishiriluvchi polietilen), FL-7000 (plenka) hamda yana 4 xil polipropilena J-150 (injektsion), Y-130 (mononit), B-320 (list) va FC-550 (plenka) ishlab chiqariladi.


Комментарии (0) | Добавить: 19.05.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Agar siz ishlagan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, pensiya uchun ma’lumotnoma qanday olinadi?
O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi
O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Tojikiston O‘zbekistonga shimoliy yo‘nalishda elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Yulduz Usmonova Nukusda konsert beradi
Хонанда Умидахон турмушга чиқяпти. Куёв ким?
Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi
Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonga keldi
GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to'xtatdi
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!
O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
Shahram G‘iyosov prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi, Murodjon Ahmadaliyev esa raqibini nokautga uchratdi
Alisher Usmonovning jiyani Ganya milliy liboslarda fotosessiya uyushtirdi
Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
“Zuvola” asl qo‘shiqlar milliy tanlovining dastlabki g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi
Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi
KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi
GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi
ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi
iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”