У нас есть только
оригинальные песни

22-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qor yog‘ishi mumkin

calendar 22.01.2016
1015

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 22-yanvar, juma kuni biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.

 

Xabar berishlaricha, 22-yanvarga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, tog‘li hududlarda havo harorati -3 darajagacha sovishi mumkin. Qolgan hududlarda havo harorati 0 darajadan pastlamaydi.

22-yanvar kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +7 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +10 darajagacha, Toshkent shahrida +12 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +15 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +17 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +19 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qayd etishlaricha, 22-yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida tuman tushishi mumkin.

Яндекс.Метрика