У нас есть только
оригинальные песни

​22 yoshli qizning boshi uchun jangarilar bir million dollar mukofot puli e`lon qildi

calendar 10.02.2017
3264

“Islom davlati” terrorchilik guruhi, 100 ta jangarini yo`q qilgan daniyalik talaba qiz Joanna Palanining boshini keltirgan odamga bir million dollar mukofot puli berishini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

22 yoshli qiz kurdlar bilan birgalikda IShIDga qarshi janglarda ishtirok etgan. Palani 1993 yilda BMTning Iroqdagi Ramadi qochoqlar lagerida dunyoga kelgan. Uning oilasi bu erga Eronda bo`lib o`tgan Islom inqilobidan keyin ko`chib kelgan. Keyinchalik ular Daniyaga ko`chib o`tishgan. Joanna maktabni, kollejni Daniyada bitirib, sport va miltiq otish mashg`ulotlari bilan shug`ullandi. Qiz 2011 yilda Suriyaga hukumat armiyasi bilan jang qilish uchun keldi, ammo keyinchalik IShID jangarilariga qarshi bo`lgan janglarda ishtirok etdi. Palani Kobani shahrini jangarilardan himoya qilish uchun bo`lgan jangda faol qatnashdi. O`q otish sirlarini puxta o`zlashtirgan qiz oddiy talabadan tajribali snayperga aylandi va yuzga yaqin jangarilarning yostig`ini quritdi.

Яндекс.Метрика