У нас есть только
оригинальные песни

23-qavatdan yiqilgan o'smirning ahvoli yahshilanmoqda

calendar 03.10.2016
832

Shifokorlar Novosibirskda 23-qavatdan yiqilib, omon qolgan o'smirning ahvoli ijobiy tomonga o'zgarayotganini kuzatishmoqda. Bu haqida Sog'liqni saqlash vazirligining Novosibirsk viloyati bo'limi hodimi RIA "Novosti"ga habar berdi.

24 sentyabr' kuni 16 yoshli o'smir yoqtirgan qizida taassurot qoldirish maqsadida Kirov tumanidagi uyning 23-qavatidagi balkon to'sig'idan oshib o'tgan, lekin muvozanatni yo'qotib, pastga tushib ketgan. O'smir Renault Logan rusumidagi taksi avtomobili tomiga tushganligi bois omon qolgan. Hozirda u mahalliy shifohonaning jonlantirish bo'limida davolanmoqda. 

"Bemor hanuz jarrohlik bo'limida. Uning ahvolida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda, bir hafta ichida bemorning umumiy bo'limga o'tkazilishi masalasi ko'rib chiqiladi", - dedi agentlikning suhbatdoshi. 

Manbaga ko'ra, mazkur hodisa yuzasidan yo'lga qo'yilgan tergov ishlari davom etmoqda. 

Novosibirsk viloyatining bolalar huquqlari bo'yicha komissari Lyubov' Zyabreva o'smirning sog'lig'i yahshilanishi bilanoq ruhshunoslar u bilan ishga kirishishlarini aytgan. O'smir hushini yo'qotmagan, ammo hozircha OAV hodimlari bilan uchrashishdan bosh tortmoqda. 

Яндекс.Метрика