30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo'lib o'tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurultoyda chiqish qilgan 23 yoshli yigit Alisher Sa`dullayevni Xalq ta`limi vaziriga o'rinbosar etib tayinlagan.
1 iyul kuni Xalq ta`limi vaziri Ulug'bek Inoyatov Alisher Sa`dullayevni vazirlik jamoasiga o'zining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari sifatida tanishtirgan.
Alisher Sa`dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug'ilgan. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
U shu vaqtgacha Toshkent shahridagi Result o'quv markazi rahbari sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.