У нас есть только
оригинальные песни

28-iyulga o‘tar kechasi to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi

calendar 25.07.2018
1743

27-iyul kuni Yer Quyosh va Oy oralig‘idan o‘tadi va Oyga soya tashlab, uni qizil rangga bo‘yaydi. Buni ancha uzoq vaqt davomida kuzatish mumkin, chunki to‘liq Oy tutilishi so‘nggi 100 yil ichidagi eng uzog‘i bo‘ladi. Bu haqda “KP.ru” xabar bermoqda.

“Osmon shousi” rekord daraja — 3 soat-u 56 daqiqaga cho‘ziladi (Toshkent vaqti bilan 23:24 dan 03:20 gacha). To‘liq faza 1 soat-u 44 daqiqa davom etadi (Toshkent vaqti bilan 28-iyul 00:30 dan 02:14 gacha).

Bu yil to‘liq Oy tutilishini Sharqiy Afrika, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo aholisi ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Yevropa, Sharqiy Osiyo va Indoneziyada esa qisman Oy tutilishi ko‘rinadi.

Яндекс.Метрика