У нас есть только
оригинальные песни

30 yanvar kungi ob-havo ma'lumoti

calendar 29.01.2016
1863

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, biroz qor yog'ishi mumkin. Kechasi va yertalab tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushadi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushadi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg'ir va qor yog'ishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushadi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg'ir va qor yog'ishi mumkin. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog'adi. Qor ko'chishi xavfi bor. Ba'zi joylarda tuman tushadi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol yesadi. Kechasi 8-13, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo'ladi.

Яндекс.Метрика