У нас есть только
оригинальные песни

31-avgustdan O‘zbekistonda 5 kunlik dam olish kunlari boshlanadi

calendar 30.08.2018
1236

O‘zbekistonda 31-avgustdan Mustaqillik bayrami munosabati bilan e’lon qilingan 5 kunlik dam olish kunlari boshlanadi. Bu haqda huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

“Ertaga dam olish kuni. 5 kunliklar uchun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uchun ketma-ket 3 kun dam olish kunlari boshlanadi”, — deyiladi xabarda.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

  • 31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-sentabr – Mustaqillik bayrami;
  • 2-sentabr – yakshanba;
  • 3-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 4-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni.

Izoh: 8 va 15-sentabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

  • 31-avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-sentabr – Mustaqillik bayrami;
  • 2-sentabr – yakshanba.

Izoh: 3 va 4-sentabr (dushanba-seshanba) kunlari haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi.

 

Яндекс.Метрика