У нас есть только
оригинальные песни

31-iyul kuni “moviy Oy” ko‘rinadi

calendar 31.07.2015
2153

31-iyul kuni yerliklar noyob hodisa — "moviy Oy”ni ko‘rishi mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda National Geographic. Bundan avval "moviy Oy” 2012-yilda kuzatilgan bo‘lsa, bundan keyingisi 2018-yilda qayd etiladi. Bunday nomlanishiga qaramay, Oyning rangi o‘zgarmaydi. Hodisa juda noyob bo‘lgani tufayli unga shunday nom berilgan: ingliz tilida "Once in a blue moon” iborasi "juda kamdan-kam” degan ma’noda qo‘llaniladi. "Moviy Oy” deganda olimlar bir oy ichidagi ikkinchi to‘lin oyni nazarda tutadi. Odatda bir yilda 12 ta — har oyda bittadan to‘lin oy kuzatiladi. Biroq har 2,7 yilda o‘n uchinchi to‘lin oy — "moviy Oy” qayd etiladi.

Яндекс.Метрика