У нас есть только
оригинальные песни

32 yildan beri qidiruvda bo'lgan narkobaron qo'lga olindi

calendar 02.07.2017
2456

Luis Karlos da Rosh shanba kuni ertalab politsiyaning «Spektr» operatsiyasi natijasida qo'lga olindi. Ma`lum qilinishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari ikki haftadan ziyod uyni kuzatib, narkobaronning paydo bo'lishini poylab, ikki haftani pistirmada o'tkazishgan. 

Qo'lga olish chog'ida uning yonidan qurol, 2 million dollar pul va boshqa shaxs nomiga hujjatlar topilgan.

Luis Karlos da Rosh Lotin Amerikasining eng uzoq qidirilayotgan narkobaronlaridan biri hisoblangan. U 32 yil davomida politsiyadan yashirinishga muvaffaq bo'lgan. Buning uchun u hatto plastik operatsiya ham qildirgan.

U Peru, Meksika va Kolumbiyadan samolyot orqali Braziliyaga yo'llagan hamda mamlakatdagi ikki eng yirik guruhni ular bilan ta`minlagan. Ba`zi ma`lumotlarga ko'ra, Oq kallaning moliyaviy ahvoli 100 million dollarga baholanadi.

U 50 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Яндекс.Метрика