У нас есть только
оригинальные песни

453 kilogrammlik vazndan qutulib, qaddi-qomati go`zallashgan ayol

calendar 27.01.2017
4036

Bir paytlar vazni 453 kilogramm bo`lgan bu ayolni barcha “jiyanini o`ldirgan yarim tonnalik qotil”, deb atardi, endi esa hammasi o`zgardi, deya xabar berdi “Wuzzup.ru” nashri. 

Texaslik Mera Rosales 2008 yilda vafot etgan jiyanining o`limida o`zini ayblab, polisiyaga uni tanasi bilan bosib o`ldirib qo`yganligini ma`lum qildi. Mash`um falokatdan keyin unga yashashning qizig`i qolmadi.

Ammo o`tkazilgan sud-tibbiyot ekspertizasi bola boshidan olgan jarohati tufayli olamdan o`tganligini aniqladi. Meraning opasi bolasini urib, o`ldirib qo`yganligini tan olgach, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Shundan keyin Mera opasining qolgan farzandlariga g`amxo`rlik qilish uchun ham oyoqqa turishi lozimligini angladi.

U hayotini yaxshi tomonga o`zgartirish uchun 2011 yildan boshlab, ozishga harakat qildi va 11 ta operasiyani boshdan kechirdi. Shu bilan birga ovqatlanish rasionini qayta ko`rib chiqdi.

“Ilgarilari faqat ovqat eyish uchun yashagan bo`lsam, endi aksincha, yashash uchun ovqatlanyapman”, deb tan oldi Mera.

“U uzoq yillar davomida to`shakda yotgan, Meraning shaxsiy hayoti bo`lmagan”, — dedi uning davolovchi vrachi, Xyustonlik jarroh Yunen Nouzaraden.

Mera opasining sudidan keyin vrach Yunen Nouzaraden bilan birgalikda davolash kurslarini boshladi. U birinchi 10 kunlikda 45 kilogramm ozishga muvaffaq bo`ldi.

Hozirda Merani tanish juda qiyin, u ozib, qaddi-qomati kelishgan ayolga aylangan. Ozgandan keyin muhabbatini uchratib, shaxsiy hayotini ham yo`lga qo`ydi. Hozirda 34 yoshli Meraning vazni 90 kilogrammni tashkil qiladi.

Яндекс.Метрика