У нас есть только
оригинальные песни

45 yoshli Yapon ayollarining siri nimada?

calendar 27.12.2010
7612
 

Dono yapon ayollarining ko'pchiligi menopauza paytida nafaqat noqulaylikni his qilmaslikka, balki hayz ko'rishlar to'liq to'xtaganidan keyin ham sog'lom jinsiy hayotni kechirishda davom etishga erisha oldilar. Umuman olganda esa, ular har doim faol va harakatchan. Xo'sh, ular qanday qilib buning uddassidan chiqa oldilar?
Ma'lum bo'lishicha, buning siri - o'rin bosuvchi gormonal terapiyada ekan: Kunchiqar mamlakatdagi deyarli har bir ayol ushbu terapiyadan o'tadi.

Gormonlar nima uchun kerak?
Ayollarning erkaklardan bitta ustun tomoni bor: ular yurak-qon-tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadilar. Bu ayollardagi estrogen gormonining xizmati albatta: u, ateroskleroz, stenokardiya, bosh miyadagi qon aylanishining buzilishi, miokard infarkti kabi xastaliklar xavfini kamaytirgan holda, tomirlarimizni asraydi. Biroq bu muayyan yoshgacha davom etadi. Menopauza boshlanishi bilan ayollar jinsiy gormonlarining hosil bo'lishi kamayadi va tomirlarimiz xuddi erkaklarniki kabi zaif bo'lib qoladi.

Estrogen suyaklardagi kaltsiyni bog'lash uchun ham kerak. Agar organizmda uning tanqisligi sezilsa, suyaklar mo'rt va sinuvchan bo'lib qoladi, og'riy boshlaydi, osteoporoz kasalligining yuzaga kelish xavfi esa bir necha baravarga ortadi. Ingichka sinuvchan sochlar, teridagi ajinlar, tirnoqlar bilan muammolar ham kaltsiy almashinuvidagi buzilishlarning oqibatidir.

Estrogen gormoni yetishmasligining yana bir yoqimsiz tomoni - bu shilliq pardalarning qurib qolishi, shu jumladan qindagi ham. Shifokorlar muntazam jinsiy hayot bilan yashashning foydali tomonlari haqida ko'p gapirishadi, ammo "u yerda" quruq bo'lsa, yana og'riq sezilsa, uni qanday olib borish mumkin? Buning ustiga tez-tez va og'riqli bovul qilish, yo'tal yoki aksirganda peshobni ushlab turolmaslik - bularning barchasi romantik kayfiyatni buzadi xolos. Hozirgi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan gormonal terapiya yuqorida sanab o'tilgan ko'ngilsizliklar bilan muvaffaqiyatli kurasha oladi.

Agar gormonlar mumkin bo'lmasa-chi?
Afsuski, hamma ayollar ham o'rin bosuvchi gormonal terapiyadan o'ta olmaydi. Gipertoniya, qandli diabet, yurak, buyrak va jigar bilan muammolarga ega ayollarga bu terapiya tavsiya etilmaydi. Agar bundan oldin o't pufagingizdan toshchalar olib tashlashgan bo'lsa, agar ko'krak bezi saratonidan davolangan bo'lsangiz, unda sizga gormonlarni qabul qilish mumkin emas.

Ammo bu siz uchun ayol sifatidagi salomatligingizni asrash yo'llari mavjud emasligini bildirmaydi. Bunda parhez qilish juda muhim. Ratsioningizda yog'lar kamroq, oqsillar ko'proq bo'lishi lozim; shuningdek tarkibida D3 vitamini mavjud bo'lgan kaltsiy preparatlari va polivitaminli preparatlar ham yordam beradi.

Ko'proq shifobaxsh giyohlardan damlangan choy iching, ammo qora choy iste'molini qamaytiring. U qahva kabi uyqusizlik xavfini oshiradi. Bu esa, o'z navbatida na kayfiyatingizni va na tashqi ko'rinishingizni yaxshilashga yordam beradi.

Bundan tashqari, zararli odatlardan voz kechish ham faol va harakatchan bo'lib qolishingizni uzoq muddatga uzaytiradi. Va, albatta, har qanday yoshda ham organizmni tibbiy ko'rikdan o'tkazib turish lozim. Axir salomatlikni asrash uchun o'zingiz haqingizda iloji boricha ko'proq bilishingiz kerak bo'ladi-da.
Яндекс.Метрика