У нас есть только
оригинальные песни

46 yoshli Jennifer Eniston turmushga chiqdi

calendar 07.08.2015
2434


Amerikalik mashhur aktrisa, Hollivud yulduzi Jennifer Eniston yashirincha rejissor Jastin Teru bilan turmush qurdi. image.JPG Bir oy avval G‘arb nashri Jennifer Eniston to‘rt yillik munosabatlariga qaramay Jastin Teru bilan orani ochiq qildi, degan xabar tarqatgan edi. Bu mish-mishga na Jennifer va na uning yaqinlari izoh berishmagan edi. OAVda kechagi kunga qadar juftlik haqida hech qanday xabarlar bo‘lmagan. Kecha 46 yoshli aktrisa 43 yoshli rejissyorga turmushga chiqdi. To‘y marosimi Los-Anjelesning nufuzli Bel-Eyr tumanidagi juftlikning uyida bo‘lib o‘tdi. To‘y uchun barcha tayyorgarlik qattiq sir tutildi. To‘yga taklif qilingan 70 ga yaqin mexmon ham, marosimga kelguniga qadar hech narsadan xabari bo‘lmagan. Ma’lum bo‘lishicha Jennifer barcha mexmonlarni qaylig‘ining tug‘ilgan kuni marosimiga taklif qilgan. Aslida Jastining tug‘ilgan kuniga hali 5 kun bor edi. To‘y marosimining haqiqatan bo‘lib o‘tganini nufuzli TMZ va People nashrlari tasdiqladi.
Яндекс.Метрика