У нас есть только
оригинальные песни

4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari natijalari e’lon qilindi

calendar 05.08.2018
1300

O‘zbekiston bosh vaziri Aziz Abduhakimov 4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari jarayoni haqida qisqa axborot berdi, shuningdek, shanba kungi imtihon javoblari qachon e’lon qilinishini bildirdi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Shunday qilib, 4-avgust kungi test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 80 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 56 966 nafar abituriyent ishtirok etdi. Test sinovlariga 1 369 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali Farg‘ona politexnika institutining “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi — 175,8 ball. To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishida qayd etilib, 147,6 ballni tashkil etdi.

Shunga ko‘ra, 4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlarida o‘rtacha o‘tish bali davlat granti bo‘yicha – 97,9 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa – 80,5 ballga teng bo‘ldi.

“Test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida 2018-yil 5-avgust kuni soat 19:15da e’lon qilinadi”, — deyiladi Abduhakimovning axborotida.

Яндекс.Метрика