У нас есть только
оригинальные песни

550 ta eski texnikani uloqtirgan tomsklik talabalar rekordga da’vogarlik qilmoqda

calendar 08.05.2016
1059

Rossiyadagi Tomsk boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti talabalari Radio kuniga bag‘ishlab yotoqxonaning to‘qqizinchi qavatidan 550 taga yaqin eski monitor, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinalarini pastga uloqtirdi. Endi ular Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin olishga da’vogarlik qilishi mumkin, deb xabar beradi “TASS”.

“Texnikani tashlash jarayoni yarim soat davom etdi. Hammasi bo‘lib 550 ta buyum uloqtirildi. Ularni to‘plashda talabalarga shaharliklar ham yordam berdi”, — deb ta’kidladi aksiya tashkilotchilaridan biri Olmos Ismoilov.

Universitet rektori Aleksandr Shelupanovning bildirishicha, mazkur voqea Tomskdan Ginnes kitobiga kirishga da’vogarlik qilayotgan birinchi rekorddir.

Яндекс.Метрика