У нас есть только
оригинальные песни

5-dekabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

calendar 04.12.2015
1582

O‘zbekistonning barcha hududlarida 5-dekabr, shanba kuni yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan, Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida, qolgan hududlarda, xususan, Toshkent shahrida kun davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan boshqa barcha hududlarda tuman tushishi mumkin.

Havo harorati 5-dekabr kuni kunduzi +2…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика