У нас есть только
оригинальные песни

5 iyun kuni Shohruxxonning to'y marosimi bo'lib o'tadi

calendar 16.05.2016
1856

O'zbek shou-biznes olamida yana bir yulduzli juftlik paydo bo'lish arafasida ko'rinadi. O'ziga xos yo'nalishi bilan qancha ko'ngillarni zabt etgan Shohruxxon 5 iyun kuni bo'ydoqlar safini tantanali ravishda tark etadi. 
Garchi minglab qizlar o'rnini egallashga tayyor baxtli kelinning ismi sir tutilayotgan bo'lsa ham, aslida uning kimligi kundek ravshan deyish mumkin.

So'nggi vaqtlarda Asal Shodievani Shohruxxon bilan birga uchratish oddiy holatga aylangan. Ular qanchadan qancha klip, kinolar va marosimlarda hamkorlik ishlarini olib borishgan. Biroq alohida ijod paytida ham ularni yonma-yon ko'rish mumkin edi.

Yaqinda premerasi bo'lib o'tgan “Majnun”, “Vahshiy” filmlarida Asal Shodieva bosh rolni ijro etgan bo'lsa, Shohruxxon ayni shu kinolar saundtrekini kuyladi. 
Qolaversa, artistlarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham ularning birga tushgan suratlari yuklangan. 

Yana kim bilsin... Shou-biznes vakillari kutilmagan yangiliklarga boy. Kelin kim ekanidan qat'iy nazar, Shohruxxonga xotirjam turmush, bardavom baxt tilab qolamiz.

Яндекс.Метрика