У нас есть только
оригинальные песни

62 yoshli aktyor Jeff Goldblyum ilk bor ota bo‘ldi

calendar 09.07.2015
1496


O‘zining "Chivin” va "Yura davri bog‘i” filmlaridagi rollari bilan mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Jeff Goldblyum va uning rafiqasi Emili Livingstonlarning 4-iyul kuni birinchi farzandi tug‘ildi. Ular o‘g‘liga Charli Oushen ismini qo‘ydi, deb xabar beradi "Korrespondent.net”. 62 yoshli aktyor ilk bor ota bo‘ldi. U Emiliga qadar ikki marta oila qurgan, biroq farzandli bo‘lmagan. Jeff Goldblyum va undan 30 yosh kichik sportchi Emili Livingston 2011-yilda uchrasha boshlagan. 2014-yilning 8-iyul kuni aktyor sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan va shu yilning 8-noyabrida ular nikohdan o‘tishgan edi.
Яндекс.Метрика