64 ta davlat rahbaridan intervyu olgan jurnalist Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashish niyatida

2017 yilning 7-8 fevral kunlari Rossiyaning Moskva shahrida ”Jurnalistika: ijod, kasb, industriya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. O'qish ishida qatnashayotgan “O'zbekiston ovozi” gazetasining muxbiri, jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg'ona viloyat bo'limi raisi Muhammadjon Obidov Rossiya Federatsiyasining “TASS” Axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o'rinbosari Mixail Gusman bilan uchrashib blits-intervyu oldi.

— Mixail Solomonovich, sizni siyosiy intervyu janrida o'ziga xos maktab yaratgan jurnalist sifatida bilamiz. Lekin suhbatni boshqa mavzudan boshlasak. Elektron OAVlarining an`anaviy bosma nashrlardan “o'zib” ketayotganini qanday izohlash mumkin?

— Elektron OAVlari internet, televideniye, radioning birlamchi yutug'i axborotni tezkor uzatish imkoniyatida. Keling, buni qo'ya turaylik-da, tezkorlik imkoniyatining “noqulayliklari” haqida gaplashaylik. Elektron OAVlarining qo'rqinchli tomoni shundaki, ulardagi tezkorlik imkoniyati tufayli biz voqelikning sodir bo'lish jarayonini kuzatayapmiz. Qanday bo'lsa shundayiga. Masalan, Amerikadagi 11 sentabr voqealari, Iroqni bombalash jarayoni, kosmodromdan ko'tarilayotgan raketaning portlab ketishi… Endi o'ylab ko'ring, yuz millionlab tomoshabin orasida necha-nechasi yurak hurujiga uchradi, bolalar ruhiyati xastalandi, vujudni qo'rquv qopladi. Bunday tezkorlik insoniyat tafakkuriga salbiy ta`sir ko'rsatayotganini ham inobatga olish zarur.

— Ijtimoiy tarmoq, internet jurnalistika OAVning bir ko'rinishimi?

— Yo'q-yo'q. Ijtimoiy tarmoq hech qachon jurnalistika bo'la olmaydi. U muloqot uslubigina xolos. Albatta, bu mening shaxsiy munosabatim. Xonamda meva sharbati ichib, bo'shagan stakanni stolga qo'ygan chog'imda bir hamkasbim uni suratga olib, “Feysbuk”ka joylashtiribdi. 15-20 daqiqa ichida elektron manzilimga 120 dan ortiq murojaat va sharh keldi. Unda “bo'shatilgan stakanga tikilgan Gusman nimalar haqida o'ylamoqda”, deb yozilgandi. Nahotki shu jurnalistika bo'lsa?!

— Amerikadagi prezidentlik saylov natijalariga xakerlarning kiberhujumi ta`sir ko'rsatgan, deya da`vo qiladilar…

— Xa, shunday gaplar bor. Bilasizmi, kiberhujumdan hech kim muhofazalanmagan. Dunyoda ikki yuzdan ziyod davlat axborot agentligi bor. Ularga bir kecha-kunduzda 4 mingdan ziyod kiberhujum uyushtirilar ekan. Bu juda xavfli fojia. Amerikaning yirik axborot agentliklaridan biri saytiga kirgan kiberhujumchi uning nomidan Oq uyda portlash yuz bergani, Prezident Obama yarador bo'lgani haqida axborot tarqatdi. To'g'ri uni 16 sekunddayoq payqab, saytdan olib tashladilar. Ammo ana shu 16 sekund ichida “tezkorlik fidoyilari” bo'lgan o'nlab internet saytlarda bu soxta xabar tarqalib ulgurgan edi. Endi tushungandirsiz, kiberhujum qanday oqibatlarga olib kelishini.

— Davlat televideniyesiga nisbatan xususiy televideniyalarda tanqid, tahlil, ochiqlik sezilarli darajada ko'proq uchraydi, deydi mutaxassislar. Siz-chi?

— Har qanday OAV, jumladan, televideniye faoliyatida Vatan manfaati, degan tuyg'u ustun turadi. U xoh Amerika, xoh Yevropa, xoh Rossiya OAVi bo'lmasin. Masalan, “Frants press” o'zini moliyaviy mustaqilman, deydi. Lekin davlat uning obro'sini tashkil etish yo'li bilan bu Axborot agentligini qo'llab quvvatlaydi. Demak, har qanday OAV davlat, u olib borayotgan siyosat bilan qaysidir darajada bog'liq. Men uchun mansubligi jihatidan davlat yoki xususiy OAV emas, xaqqoniy jurnalistika muhim.

— Aytishlaricha, siz 64 mamlakat prezidenti va davlat rahbarlaridan intervyu olgan ekansiz. Agar sir bo'lmasa reja, o'ylaringiz qanday?

— Men, avvalo, Rossiyadagi eng yirik axborot agentligi rahbarlaridan biriman. Prezident, bosh vazirlardan intervyu olish esa ko'ngil va ilhom ishi. Ochig'ini ayta qolay, O'zbekistonda ro'y berayotgan o'zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib boryapman. Agar rozilik bersa, men O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, undan intervyu olgan bo'lar edim.


Комментарии (0) | Добавить: 08.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qanday qilib hech narsani unutmasdan va faol yashash mumkin?
Janubiy Koreya kompaniyasi Wi-Fi’da tezlik bo'yicha inqilob qilmoqchi
Bugun bo‘lib o‘tadigan The Best Football Awards marosimida FIFA kimlarni taqdirlaydi?
Isroilda yahudiy qizlarga ko‘ngil qo‘ygan arablarni ta’qib etishda gumon qilingan 15 kishi qo‘lga olindi
Turkmaniston prezidenti otda qurilish ob`yektlarini ko'zdan kechirdi
Alisher Usmonovning qarz o'rniga undirilgan sobiq yaxtasi sotildi
Dam olish kuni yo'l qo'yiladigan 11 xato
Ko'ngil ayniganda nima qilish kerakligiga doir 12 tavsiya
“Sumerki”da rol ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor Alixan gonorari, rollari va oilasi haqida
MRB direktori: Kim Chen In to‘satdan g‘oyib bo‘lsa, buni bizdan so‘ramang
Amerikalik sayyoh O'zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo'lishdi
Google'ning Puerto-Rikodagi internet tarqatuvchi havo sharlari (foto)
"Titanik" yo'lovchisining maktubi rekord qiymatga sotildi
Ispaniya Bosh vaziri Kataloniya mustaqilligiga nuqta qo'ymoqchi
Bundan buyon Xitoyda har yili 15 million yangi ishchi o'rni yaratilishi lozim
Buxoroda konditsionerli avtobus bekatlari paydo bo‘ldi
“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi
Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi
Yakkasaroy hokimiyati o'z binosini Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo'shatib beradi
O'zbek shou-biznes vakillari paxta terishmoqda! (Foto)
Mavsumiy kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar
“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Shotlandiyada bolalarni jismoniy jazolash man etildi
Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da`vo qilmoqda
Ayol kishi nega erkaklardan kamroq pul topishi ma`lum bo'ldi
Google xakerlarni o'z ilovalarini buzib kirganlik uchun mukofotlaydi
Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda
O'zbekistonda yoshligi o'tgan Sobchakning qizi Rossiya prezidenti bo'ladimi?
Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?