У нас есть только
оригинальные песни

72 yoshli amerikalik ayol Arizona shtatidagi sahroda 9 kun qolib ketdi

calendar 14.04.2016
1073

72 yoshli amerikalik ayol Arizona shtatidagi sahroda qolib ketib, to‘qqiz kun mobaynida faqat suv ichib, o‘simliklar bilan oziqlanishiga to‘g‘ri keldi.

Shtat jamoat xavfsizligi departamentida ma’lum qilishlaricha, xilvat yo‘lda Enn Rojersning avtomobilida benzin tugagan. Ayolning telefonidagi aloqa ham yo‘qolgan va u kimsasiz manzilda to‘qqiz kun qolib ketgan. 3-aprelda politsiyachilar avtomobilga duch kelgan, biroq uning ichida hech kim yo‘q edi. Bir necha kundan so‘ng sahroda tayoqlar yordamida tushirilgan va yordam so‘ralgan yozuv aniqlangan. 9-aprel kuni esa qutqaruvchilar amal-taqal o‘rnatilgan boshpanani topdi, ko‘p o‘tmay Rojersning o‘zini ham uchratdi.

Keksa ayol kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uning holatidan xavotirlanishga sabab yo‘qligini bildirmoqda.

Яндекс.Метрика