У нас есть только
оригинальные песни

77 kishini o‘ldirgan norvegiyalik terrorchi Oslo universitetiga o‘qishga kirdi

calendar 18.07.2015
2891

Oslo universiteti 77 kishini o‘ldirishda ayblangan 36 yoshli terrorchi Anders Breyvik politologiya fakultetiga qabul qilinganini e’lon qildi.
 Universitet rektori Ole Petter Ottersenning so‘zlariga ko‘ra, Norvegiyada barcha mahbuslar oliy ta’lim olish huquqiga ega. Breyvik qamoqxonadagi o‘z kamerasidan turib ta’lim oladi. Breyvik bir necha yil oldin Oslodagi hukumat mavzesida portlovchi qurilmani ishga tushirish va Utoyya orolidagi yoshlar oromgohi ishtirokchilarini o‘qqa tutish orqali 77 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan edi.
Яндекс.Метрика