У нас есть только
оригинальные песни

7-iyulga qadar 333 ming 395 nafar abituriyent O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan

calendar 08.07.2017
1708

7-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 333 ming 395 nafarni tashkil qilmoqda.

Bu hozirgi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir o‘rin uchun 5 nafar abituriyent kurash olib boradi degani. 2017/2018-o‘quv yili uchun kvota esa 66586 tani tashkil etadi.

Qabul qilingan hujjatlar soni bo‘yicha Termiz Davlat universiteti yetakchilik qilmoqda. Ushbu ta’lim muassasasi 1800 nafar talabani qabul qila olsa, hozircha 17887 kishi hujjat topshirgan. Bu bir o‘rin uchun 10 kishi o‘zaro kurashadi degani.

Hujjatlar soni bo‘yicha keyingi pog‘onalarda Qarshi (15728, kvota — 1400), Andijon (14799, kvota — 1422) va Samarqand (13385, kvota — 2000) Davlat universitetlari turibdi.

Andijon tibbiyot instituti hamda Qarshi Davlat universitetlarida 1 o‘rin uchun konkurs 11 tadan oshgan.

Яндекс.Метрика