У нас есть только
оригинальные песни

7-yanvarda O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

calendar 06.01.2016
945

Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari O‘zbekistonning qolgan barcha hududlarida 7-yanvar, payshanba kuni yog‘ingarchilik kuzatiladi. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘sa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor ham yog‘ishi mumkin.

 

7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududlarda, xususan, tog‘li hududlarda ham shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Butun O‘zbekiston bo‘ylab tuman tushishi ehtimoli bor.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 7-yanvarga o‘tar kechasi havo harorati -5 darajagacha, Farg‘ona vodiysida -2 darajaga sovishi mumkin, qolgan hududlarda 0…+7 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.

7-yanvar kuni kunduzi esa shimoliy hududlarda +2…+7 daraja, vodiyda +5…+10 daraja, tog‘li hududlarda -3…+2 daraja, boshqa hududlarda esa +13 darajagacha iliq bo‘ladi.

Яндекс.Метрика