У нас есть только
оригинальные песни

8-sentabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida kuchli shamollar kuzatiladi

calendar 07.09.2016
1876

O‘zbekistonda 8-sentabr, payshanba kuni faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 8-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +8…+13 daraja, Toshkent shahrida +16…+18 daraja, qolgan barcha hududlarda +20…+22 darajagacha iliq bo‘ladi.

Payshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +16…+21 daraja iliq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +28…+33 daraja, Toshkent shahrida +32…+34 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kuni Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati +30…+35 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +32…+37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

8-sentabrga o‘tar kechasi va 8-sentabr kuni kunduzi mamlakatning barcha hududlarida shamol tezligi soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi mumkin, tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Яндекс.Метрика