Abadiy yashashning 5 ta ilmiy usuli

Keksayish va avlodlar almashinuvi evolyutsiya uchun zarur bo‘lsa-da, abadiy hayot eliksiri, yoxud obi-hayotni qidirish bilan olimlar va tadqiqotchilar doimo shug‘ullanib kelgan. Hozirdanoq tibbiyot va ilm-fanda erishilgan yutuqlar inson hayotini ancha-muncha uzaytira oladi. Olimlar fikricha, 2032-yilga kelib, odamlarga abadiy yashash imkoniyatini beruvchi texnologiyalar yaratiladi.

Organlarni almashtirish

Regenerativ tibbiyot sharofati bilan tez orada har qanday hayotiy muhim organni yangisiga almashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Olimlar sun’iy o‘pka, yurak va boshqa organlarni tana hujayralaridan yetishtiradi. Tanalarimiz molekulyar darajada abadiy yashay oladi. Nafaqat abadiy hayot, balki abadiy yoshlik ham mumkin bo‘ladi.

Nevrologik implantatlar

Miyaga kompyuter chiplarini kiritish bugungi kunda ham o‘tkaziladi, bunday chiplar miya funksiyalari buzilgan kishilarga o‘rnatilib, insult va miya-bosh suyagi shikastlanishlaridan keyin miya faoliyatini kuchaytiradi, Parkinson xastaligi va depressiya simptomlarini yengillashtiradi. Kelajakda biz elektronikani fikr yordamida boshqara olamiz. Bundan tashqari, bu chiplar miyamiz hech qachon qarimasligini va shikastlanishlardan keyin avtomatik tarzda qayta tiklanishini ta’minlaydi.

Nanobotlar

Mikroskpik robotlar organizmimizga hujayralar darajasida yordam beradi. Nanobotlar qon hujayralariga tanani kislorod bilan tezroq va samaraliroq boyitish imkonini beradi. Nanobotlar shikastlangan hujayralarni bir lahzada “ta’mirlash” imkoniyatini beradi. Bu shuni anglatadiki, viruslar va infeksiyalarni sanoqli daqiqalarda yengish mumkin bo‘ladi.

Kiborglar

Agar organlarni bilogik nusxalari bilan almashtirib bo‘lmasa, mexanik analoglar ishga solinadi. Bionik protezlar asab hujayralari bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, organlar va tana qismlari o‘rnini bosadi. Bu nafaqat yo‘qotilgan qo‘l-oyoqlarni qayta tiklash, balki inson tanasini mukammallashtirish imkonini ham beradi.

Krionika

Inson tanasini muzlatish bugungi kundayoq mavjud, ko‘plab kompaniyalar shunday xizmatni taklif etadi. Amerikada 1962-yildan buyon 200 dan ortiq kishi muzlatilgan. Kriokonservatsiya yordamida tanani belgilanmagan muddatga saqlash mumkin. Ba’zi odamlar kelajakda og‘ir kasalliklarni davolaydigan va odamni abadiy yashovchan qiladigan texnologiyalar paydo bo‘lishiga umid qilgan holda bunday protseduraga murojaat qiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 15.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Naqd pul bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
O'zbekiston nemis va frantsuz kompaniyalaridan 2 mln hisoblagichlar sotib oladi
Quyoshning Yerga qaragan tomonidan barcha dog'lar yo'qolib qoldi
Ishni o'zgartirish yo'lida to'siq bo'luvchi qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Xonanda Saida turmushga chiqdi
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli
Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi
Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi
Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab