У нас есть только
оригинальные песни

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi

calendar 11.04.2018
812

11-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonning O‘zbekistonga tashrifi va AQSh nufuzli delegatsiyasining 26—27-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtiroki natijalari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda Toshkent forumi yuqori baholandi va konsensus asosida qabul qilingan konferensiya deklaratsiyasining konstruktiv xarakteri qayd etildi.

Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston—AQSh aloqalari jadvali va kun tartibi ham muhokama qilindi.

Яндекс.Метрика