Abdulla Aripov Bokudagi yangi Ipak yo'lining ochilishida ishtirok etdi

30 oktabr kuni Boku xalqaro dengiz savdo portida Boku-Tblisi-Qars temir yo'lining ochilishi munosabati bilan tantanali marosim bo'lib o'tdi. 

Marosimda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, mamlakat birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an va uning turmush o'rtog'i Emine Erdo'g'an, Qozog'iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili, O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etishdi. Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi. 

Marosimni Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev ochib berdi. 

Aliyevning so'zlariga ko'ra, Boku-Tblisi-Qars (BTK) temir yo'li - Yevropa va Osiyo o'rtasidagi eng ishonchli va qisqa yo'l. "Dastlabki bosqichda BTK bo'ylab 5 million, keyingilarida esa 17 million tonna yuk tashiladi. BTK Yevroosiyoni transport xaritasining muhim qismiga aylantiradi. Bu yo'l turizm, barqarorlik va xavfsizlik rivoji uchun xizmat qiladi, investitsiyalar hajmini kengaytiradi, mamlakatlarimizning geosiyosiy ahamiyatini kuchaytiradi", - dedi Ozarboyjon davlat rahbari o'z nutqida.

Boku-Tblisi-Qars strategik ahamiyatga ega tarixiy loyiha hisoblanadi. Mazkur temir yo'l uzunligi 850 kilometrni tashkil qiladi, shundan 504 kilometri Ozarboyjon hududidan o'tadi.

Ilhom Aliyev shuningdek Shimol-Janub transport koridori ham katta ahamiyatga ega ekanini va Ozarboyjon bu yo'nalishda ham muhim qarorlar qabul qilishini ta`kidladi. Ozarboyjon hududida Shimol-Janub loyihasi bilan bog'liq barcha ishlar yakunlandi, ya`ni butun infratuzilma tayyor. 

"Ozarboyjon mazkur yo'nalishda temir yo'l tarmog'ini yaratdi. Kelgusida Shimol-G'arb va Janub-G'arb energotransport loyihalari ekspluatatsiyaga topshiriladi. Boku-Tblisi-Qars temir yo'lidan O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda Yevropa davlatlari foydalanadi. Shimol-Janub transport koridori Hindistondan Rossiyagacha bo'lgan mamlakatlarni birlashtiradi".

BTK temir yo'lining ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ham chiqish qildi. U O'zbekiston Respublikasi rahbariyati xorijiy sheriklar bilan Markaziy Osiyo va qo'shni mintaqalarning ulkan tranzit va transport-kommunikatsiya salohiyatidan foydalanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratayotganini ta`kidladi. "Bugun mazkur yo'nalish bo'yicha O'zbekistonda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2016 yilda Angren-Pop temir yo'l magistralini qurish loyihasi tugallandi. Bu yagona O'zbekiston temir yo'l transport tizimini shakllantirish jarayonini tugallash imkonini berdi", dedi bosh vazir. Uning so'zlariga ko'ra, mazkur muhim temir yo'l uchastkasining ishga tushirilishi tarixiy Buyuk Ipak yo'lining tiklanishiga qo'shilgan bebaho hissa bo'ldi. 

Ta`kidlash joizki, Boku-Tblisi-Qars temir yo'lini qurishga doir shartnoma 2007 yilda Tblisida imzolangan. O'sha yilning noyabrida Gruziyaning Marabdasida temir yo'l liniyasi qurilishiga start berilgan. BTK temir yo'l liniyasining 504 kilometri Ozarboyjon hududiga, 263 kilometri Gruziyaga va 79 kilometri Turkiya hududiga to'g'ri keladi. 


Комментарии (0) | Добавить: 31.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi