У нас есть только
оригинальные песни

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o'tkazadi

calendar 04.09.2018
1506

2018 yil 7 sentabr kuni Moskvada Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'zbekiston hukumati rahbari Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi.

Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik bo'yicha keng ko'lamli masalalarni muhokama qiladilar. Atom energiyasi, sanoat, qishloq xo'jaligi, ta`lim sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga alohida e`tibor qaratiladi, deya xabar beradi Rossiya hukumati matbuot xizmati.

Muzokaralardan so'ng Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov raisligida Rossiya Federatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi o'rtasida iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning 19-yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Muzokaralar yakunida hukumatlararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика