Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev o'zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Rossiya hukumati rahbari imzolanishi kerak bo'lgan hujjatlar to'plamining ahamiyatini ta`kidladi, deb xabar bermoqda TASS.

Shuningdek, u barcha idoralar bo'yicha rivojlanib borayotgan o'zaro aloqalar mavjudligini ta`kidladi. «Eng muhimi, ular faqat shunchaki aloqalar, oddiy muloqotlar emas, balki aniq kelishuvlarda mujassam bo'lmoqda. Bugun haqiqatdan ham hujjatlarning katta to'plami imzolanadi», - dedi Dmitriy Medvedev. 

«Iliq kutib olganingiz uchun rahmat. Bu so'zning zamirida ham to'g'ridan to'g'ri, ham ko'chma ma`no bor. Bizning mamlakatlarimiz orasida haqiqatdan ham yaxshi va do'stona munosabatlar mavjud... Toshkentda juda iliq, hatto hozir kuzatilishi kerak bo'lgan ob-havodan ham iliqroq, noyabr oyida. Bu, umid qilamanki, ikki davlat o'rtasidagi hozirgi munosabatlarning xarakterini o'zida ifodalaydi», - deya qo'shimcha qilib o'tgan Medvedev.

O'z navbatida, Aripov Rossiya bosh vaziriga O'zbekiston va Rossiya munosabatlarini rivojlantirish borasidagi ishi uchun minnatdorlik bildirdi. «Rossiya Federatsiyasi bilan O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan», - dedi O'zbekiston bosh vaziri. Uning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amalga oshirilgan tashrifi «Rossiya Federatsiyasi va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarning yangi sahifasini ochdi».

«Bugungi uchrashuv va bugun imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar, albatta, bizning iqtisodiyotimiz o'sib borishini ta`minlashga xizmat qiladi va o'zaro manfaatli hamkorlik ham rivojlanib boraveradi, deb o'ylayman», - deya ta`kidlab o'tdi Aripov.


Комментарии (0) | Добавить: 02.11.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi